Kuvayt nashri O‘zbekiston bilan hamkorlik mavzusini yoritdi

395

Kuvaytning nufuzli “Al-Anba” nashri O‘zbekiston va Kuvayt iqtisodiy hamkorligi rivojlanishi jarayoniga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi.

Maqolada mamlakatimiz investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov boshchiligidagi delegatsiya ushbu mamlakat rasmiylari va yirik kompaniyalari rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazgani atroflicha yoritilgan.

Muzokaralarda savdo, sarmoya, ko‘chmas mulk, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlari muhokama qilingani ta’kidlangan. Tomonlar ilgari surilgan tashabbuslarni hayotga tatbiq etish maqsadida kelgusidagi tadbirlarni kelishib olgani qayd etilgan.

M.Pirmatova, O‘zA