Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta“ tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarorida haydovchilar endilikda texpasport, haydovchilik guvohnomasi yoki ID-karta olib yurishlari shart emasligi belgilangan.
2025 yil 1 iyundan boshlab YPX xodimiga ID-kartaning elektron versiyasini smartfonda ko‘rsatish kifoya qiladi.
Shuningdek, banklarda, notariuslarda, temir yo‘l stansiyalarida yoki aeroportlarda ID-kartani telefon orqali ko‘rsatish mumkin.
Qarorda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Ijtimoiy karta” mobil ilovasida joriy etiladigan hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari ro‘yxati qayd etilgan.
Unda 17 hujjat nomi keltirilgan. Ular ichida pasport, ID-karta, texpasport, haydovchilik guvohnomasi va boshqalar keltirilgan.
Sh.Mamaturopova, O‘zA