Markaziy bankda Xitoy Xalq bankining Shansi provinsiyasi filiali rahbari Fu Goven boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar va tashqi savdoni kengaytirish borasidagi takliflar muhokama qilindi.

O‘z navbatida, Markaziy bank rahbariyati tomonidan mamlakatimiz bank tizimida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijalari va Xitoy bilan tashqi savdo amaliyotlarining bugungi holati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Tomonlar yuqoridagi masalalar yuzasidan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA