“Asia Trans Gas” MCHJ qo‘shma korxonasi ta’sischilari –“O‘zbekneftgaz” AJ va Xitoy Xalq Respublikasining “Trans-Asia Gas Pipeline Co. Ltd” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda tomonlar “Asia Trans Gas” MCHJ QKning tashkil etilishi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi mustahkam hamkorlik natijasi sifatida manfaatli loyiha ekanini ta’kidladi.
Muloqot chog‘ida “Asia Trans Gas” MCHJ QKning erishgan natijalari va kelgusi faoliyati yuzasidan ham so‘z yuritildi.
Shundan so‘ng “Trans-Asia Gas Pipeline Co. Ltd” kompaniyasi boshqaruvi raisining taklifi bilan yangi loyihalar ustida ishlash ma’qullandi. “O‘zbekneftgaz” AJ rahbariyati “Trans-Asia Gas Pipeline Co. Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida ushbu masalalar va ularning ijrosi bo‘yicha ta’sischilar bayoni tasdiqlanishi va unda “Asia Trans Gas” MCHJ QK faoliyati bilan bog‘liq vazifalar ko‘rsatilishiga kelishib olindi.
N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA