Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasi Guanjou shahrida uchar avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod qurila boshlandi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi.
Korxonada Land Aircraft Carriyer rusumli ucha oladigan mashina uchun modullar ishlab chiqariladi. Kelajakda loyiha quvvati yiliga 10 ming donani tashkil etadi.
Sentyabr oyida ilk parvozni amalga oshirgan ushbu model savdosi yil oxirida boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask “Tesla” kompaniyasi tomonidan yaratilgan “Cybercab” robot-taksini taqdim etgandi.
UzA