Kuvaytning “Al-Jarida” nashrida “O‘zbekistonda siyosiy va qonunchilik faoliyati yangilanishiga xizmat qiluvchi saylov tizimi qabul qilingan” sarlavhali maqola e’lon qilindi.
– O‘zbekistonda yuz berayotgan ulkan siyosiy o‘zgarishlar asnosida, jumladan, saylov qonunchiligida ham samarali islohotlar amalga oshirildi, – deyilgan maqolada. – Xususan, demokratik va respublika boshqaruvi tayanchi, xalq hokimiyati tamal toshi sifatida yangi saylov tizimi ishga tushirilib, Oliy Majlis qonunchilik palatasiga saylovda majoritar tartibdan ko‘pchilik va proporsional vakillikni birlashtirgan aralash tizimga o‘tildi. Germaniya, Italiya, Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanayotgan bu uslub adolatli natijani ta’minlash, O‘zbekistondagi siyosiy manzarani aks ettirishga qaratilgan. Partiyalar endi saylovchilar bilan samarali muloqot qila oladigan taniqli, ishonchli nomzodlarni ilgari surishga e’tibor qaratishi kerak. Qolaversa, yangi tizim maydonga yangi siyosatchilar chiqishiga zamin yaratadi.
O‘zbekiston saylov tizimidagi islohotlar mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonni ifodalaydi. Aralash tizimga o‘tish orqali esa siyosiy partiyalar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirish maqsad qilingan.
Muharrama Pirmatova, O‘zA