Yangi tizim – “Sanoat uchburchagi” dasturi tayyorlanadi
626

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent viloyatini rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.
Angren, Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Piskent va Ohangaron tumanlarining viloyat sanoatidagi ulushi 50 foizni tashkil qiladi.
Bu 5 ta shahar-tuman bir-biri bilan yonma-yon joylashgan bo‘lib, xomashyo zaxirasiga juda boy.
Bu yerlarda ishlab chiqarishni kooperatsiya va klaster asosida tashkil etish uchun mutlaqo yangi tizim – “Sanoat uchburchagi” dasturini tayyorlashga qaror qilindi.
Masalan, Olmaliq kombinatida yiliga 600 ming tonna temir tarkibiga qo‘shimcha komponent – “ogarok” ishlab chiqarilayapti. Ohangaron tumani va shahri, Piskentdagi 3 ta sement zavodi ishlab chiqarishda ushbu komponentdan foydalanayapti.
Tumanlar kooperatsiya qilsa, transport xarajati 20-30 foizga, tannarx esa 5-10 foizga kamayishi ta’kidlandi.
O‘zA