Hukumatning 2019 yil 7 iyundagi 468-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi

517

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 yil 7 iyundagi 468-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Hukumatning 2019 yil 7 iyundagi qaroriga:

davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi;

davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar reyestrini shakllantirishda vakolatli organlar mas’uliyatini oshirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Mazkur qarorga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga o‘qishga kirish to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilish O‘zbekistan Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

O‘zA