Samarqand shahrida “Mahalliy aholining turmush darajasini oshirishda mahallaning o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.

Davlatimiz rahbarining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” g‘oyasi asosida tashkil etilgan tadbirda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi,  UNICEF, UNDP, UNODC, UNFPA, USAID kabi xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy mamlakatlarning yurtimizdagi elchilari, chet ellik va mahalliy ekspertlar, mahalla faollari ishtirok etmoqda.

Xalqaro konferensiyaning yalpi majlisida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Mahl Sabine, USAIDning mamlakatimizdagi missiyasi rahbari Devid Xofman, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova mazkur tadbirning ahamiyati va undan kutilayotgan natijalar, mamlakatimizda mahalla boshqaruvi tizimini takomillashtirish borasidagi ishlar va ularning samaralari haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, anjumanda  xalqaro tashkilotlar vakillari, mahalla tizimi bilan bevosita ishlovchi vazirlik va idoralar rahbarlari so‘zga chiqdi.

Yalpi majlisdan so‘ng konferensiya shu’balarga bo‘lingan holda davom etadi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari