Turizm qo‘mitasi xabar berishicha, Tokio shahrida «BMT – Turizm» hamkorligida bo‘lib o‘tgan 7-xalqaro turizm vazirlari davra suhbatida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev qatnashdi.

Tadbirda, shuningdek Yaponiya, Gretsiya, AQSH, Malayziya, Argentina, Bolgariya, Chernogoriya, Indoneziya, Filippin va boshqa davlatlar turizm vazirlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Uchrashuvida muhokama qilingan asosiy mavzular yangi turistik marshrutlarni yaratish, yoshlarning turizmdagi roli va barqaror turizmni rivojlantirishdir.

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi ishtirokchilarni turizm sohasidagi islohotlar, yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish va chet ellik sayyohlarni jalb qilish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirdi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA