O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ko‘p tomonlama strategik aloqalar yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari natijasidir.
Bu O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva va Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo‘mitasi raisi Van Xunin uchrashuvida qayd etildi.
Muloqot davomida fan-ta’lim, innovatsiya, turizm, qishloq xo‘jaligi va ekologiya masalalari yuzasidan o‘zaro hamkorlik rejalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, savdo-iqtisodiy, texnologiya va transport hamda energetika, sanoat kooperatsiyalari yo‘nalishidagi yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish xususida fikr almashildi.
Parlamentlararo aloqalarni uzviy davom ettirish, do‘stlik guruhlari faoliyatini jadallashtirish hamda mahalliy vakillik organlari o‘rtasidagi hamkorlikka qaratilgan dasturlarni qabul qilishga kelishib olindi.
N.Abduraimova, O‘zA