Ayollarning qanday mehnat huquqlari bor, imtiyozlar-chi? (+video)
359
Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash huquqiga ega. Shu jumladan, xotin-qizlar ham o‘zining mehnat qilishga oid huquqlarini amalga oshirishga haqli.
Qonunchilikka ko‘ra, ishlaydigan ayollarga bir qator yengilliklar va imkoniyatlar belgilab qo‘yilgan. Oilaviy vazifalarni bajarish bilan band bo‘lgan shaxslar, voyaga yetmaganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar va boshqalarga alohida g‘amxo‘rlik bilan bog‘liq holda asoslangan tarzda ularga afzallik berish, shuningdek ularni cheklash kamsitish deb hisoblanmaydi.
Ayollar mehnati qanday muhofaza qilinadi? Qaysi holatlarda ayollarga qisqartirilgan ish vaqti qo‘llaniladi? Bolasini parvarishlayotgan ona yengilroq ishga o‘tkazilishi mumkinmi?
Savollarimizga Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bosh maslahatchisi Lobar Ro‘zimova batafsil ma’lumot beradi.
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA