Bugun Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro atom energiyasi agentligi bosh konferensiyasining 68-sessiyasi o‘z ishini boshladi.
«O‘zatom» agentligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etyapti.
Ushbu sessiya doirasida Xalqaro atom energiyasi agentligining 2023 yilga bag‘ishlangan hisoboti eshitiladi. Shuningdek, 2025 yil uchun shakllantirilgan byudjet, yadro ilmi, texnologiyalari va ularning qo‘llanilishi bilan bog‘liq faoliyat hamda XAEAning yadro va jismoniy xavfsizlik sohasidagi ishlari kabi qator mavzular muhokama markazida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu sessiya o‘z ishini 20 sentyabr kuni yakunlaydi.
N.Ziyodullayeva, O‘zA