Shu kunlarda Toshkent yana bir bor nufuzli tadbir – SHHT ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) O‘ninchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi va MDH ning terrorizm va ekstremizga qarshi bo‘yicha ikkinchi konferensiya ishtirokchilarini qabul qilmoqda.
Konferensiyaning ochilish marosimida Uzbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning anjuman ishtirokchilariga murojaati o‘qib eshittirildi.
Davlatimiz rahbari qayd etganidek, mazkur muhim xalqaro forumning SHHT, MDH kabi nufuzli mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikda tashkil etilishi keng mintaqamizda tinchlik, xafvsizlik va barqarorlikni ta’minlash ishida amaliy hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan umumiy intilishni yana bir bor ko‘rsatadi.
“Sharq-Aksilterror – 2024” qo‘shma aksilterror mashqlari amaliy hamkorikni kengaytirishga va xafsizlik taqdidlariga qarshi kurashda maxsus bo‘linmalar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, murojaatnomada qayd etilishicha, geosiyosiy keskinlik va mojarolarning kuchayishi, xavfsizlik bo‘yicha global institutlar rolining pasayishi terrorizm va ekstremizm tahdidlariga qarshi kurashda ochiq va samarali xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimiz rahbari me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish hamda SHHT MATT va MDH ning Aksilterror markazi faoliyati doirasida bunday tahdidlarning oldini olish va ularga tezkor javob qaytarishda xalqaro hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shma amaliy tadbirlarni amalga oshirishni muhim vazifalar sifatida belgilab berdi.
O‘zA