Prezidentimizning joriy yil 23 avgustda «Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumanining Toshkent shahrida o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yil 2-4 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani o‘tkaziladi.
Anjumanga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tuziladi hamda chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.
O‘zbekistonda 2030 yilgacha kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish konsepsiyasi hamda uni 2025-2026 yillarda amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasi Butunjahon anjumani yakuni bo‘yicha ishlab chiqiladi.
Anjuman doirasida Fransuz madaniyat markazi, Milliy restavratsiya markazi loyihalari, shuningdek, Abulqosim madrasasi va «Ohunguzar» madaniy meros ob’ektida kreativ iqtisodiyot klasterlarini yaratish loyihalari taqdimotlari o‘tkaziladi.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA