Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Toshkent shahriga kelgach, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Haydar Aliyev yodgorligi majmuasiga bordi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barpo etilgan mazkur majmua Ozarbayjon Prezidentining 2022 yil iyun oyidagi mamlakatimizga tashrifi chog‘ida ochilgan edi.
Oliy martabali mehmon yodgorlik poyiga gul qo‘yib, atoqli siyosiy va davlat arbobi, mustaqil Ozarbayjonning asoschisi Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirdi.