Ozarbayjon BRIKS guruhiga kirish uchun rasman ariza topshirib, xalqaro aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam tashladi. Bu haqda “AzerTAJ” mamlakat TIV matbuot kotibi Oyxon Hojizodaga tayanib xabar berdi.
Mazkur qarorni, qaysidir ma’noda, Boku va Pekin o‘rtasidagi strategik sheriklikni kengaytirish bilan bog‘liq mantiqiy voqea, deyish mumkin. Iyul oyi boshida ikki mamlakat rahbarlari qo‘shma deklaratsiya qabul qilgan edi. O‘shanda Xitoy Ozarbayjonning BRIKSga qo‘shilish maqsadini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.
olaversa, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyevni oktyabr oyida Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammiti doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvga ham taklif qilgan.
Ushbu tadbirda 10-15 do‘st davlat vakillari qatnashadi. BRIKS 2006 yil tashkil etilgan, iqtisodiyoti rivojlangan yetakchi davlatlar – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani birlashtirgan nufuzli hukumatlar aro tashkilot sanaladi. So‘nggi yillarda tuzilmaga Misr, Efiopiya, Eron va Birlashgan Arab Amirliklari ham qo‘shildi.