Bugun mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Akmal Qosimov Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Bog‘chi Ahmed bilan uchrashdi.
Hamkorlikni rivojlantirish masalasi muhokama etilgan tadbirda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida Turkiya tajribasi asosida sug‘urta tizimini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Turkiyalik mutaxassislar ko‘magida mutaxassislar tayyorlash zarurati qayd etildi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda xususiy sektorni takomillashtirish imkoniyati muhokama qilindi.
Kelgusida ikki davlat olimlari ishtirokida seminar o‘tkazish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida aloqalarini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi, amalga oshiriladigan keng ko‘lamli ishlar belgilab olindi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA