Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, joriy yil 15 iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5 avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:

transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;

my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;

Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

Ushbu imtihonda talabalar tegishli jadvalda ko‘rsatilgan ballarni to‘play olsa, o‘qishini ko‘chira oladi.

O‘tish balini to‘plolmaganlar “super-kontrakt” bilan qabul qilinishi mumkin.

@mandat_javobbot orqali o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, o‘tish ballari va super kontrakt miqdorlari bilan tanishish mumkin.

Abituriyentlarga o‘qishga kirish bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘qishni ko‘chirishda amal qilmaydi.

 Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA