Ozarbayjonning Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining “Transport, o‘zaro bog‘liqlik va iqlim harakati orqali barqaror kelajakni bunyod etish” shiori ostidagi norasmiy sammiti bo‘lib o‘tdi.

Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz mintaqalarimizni bog‘laydigan transport loyihasi – Markaziy yo‘lakni rivojlantirish mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlash, turk dunyosining global rolini oshirishga yordam berishini ta’kidladi.

Uning fikricha, TDT birlik va hamjihatlikning eng aniq ko‘rinishi. Tuzilma doirasidagi hamkorlik darajasi, ulkan sa’y-harakatlar natijasida erishilgan yutuqlar kishiga faxr bag‘ishlaydi.

Vengriyaning jamoaga a’zo bo‘lish uchun ariza berganidan mamnunligini qayd etgan Yilmaz, ayniqsa, o‘tgan yil Anqarada tashkil etilishi bo‘yicha qaror qabul qilingan fuqaro muhofazasi mexanizmi bo‘yicha davom etayotgan muzokaraning samarasiga umid bildirdi.

Mulozim Sharq va G‘arbni bog‘lovchi keng ko‘lamli energiya va transport infratuzilmasi loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, Ozarbayjon bilan bu sohada amalga oshirilayotgan loyihalar ibratli ekanini ta’kidladi.

Vitse-prezident mintaqada, ayniqsa G‘azoda to‘qnashuvga butunlay barham berish eng muhim vazifa ekanini, hududda imkon qadar tezroq doimiy o‘t ochishni to‘xtatish, aholiga gumanitar yordamni uzluksiz yetkazish zarurligini ta’kidladi.

Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA