Qatar davlati axborot agentligi – QNA ushbu mamlakat mehnat vaziri Doktor Ali bin Samih Al-Marriy O‘zbekiston Respublikasining Qatardagi Favqulodda va muxtor elchisi Ashraf Xodjayev bilan uchrashganini yoritdi.

Maqolada tomonlar 2023-yil 5-6-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Qatar sammitida yetakchilar huzurida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan 15 ta hujjat imzolangani e’tirof etilib, xususan mehnat munosabatlari sohasida sheriklik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim ahamiyatiga alohida urg‘u berilgan.

Xalqaro mehnat tashkiloti tashabbusi bilan 2003-yildan buyon nishonlab kelinadigan 28-aprel – Jahon mehnatni muhofaza qilish kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda vazir hamda elchi ayni yo‘nalishdagi aloqalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘llarini ko‘rib chiqishgani ta’kidlangan.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA