Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo assambleyasi ishchi organining videokonferensaloqa shaklida o‘tgan majlisida ishtirok etdi. Unda o‘ndan ortiq mamlakat ekspertlari va qonun ijodkorlari qatnashdi.

Nazorat-byudjet komissiyasining majlisida MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasining 2023-yil uchun moliyaviy majburiyatlarning bajarilishi to‘g‘risidagi qarori hamda MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi byudjetiga 2024-yilning birinchi choragida amalga oshiradigan ishlari muhokama qilindi.

Majlisda MDH Parlamentlararo assambleyasi kengashining «MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasi faoliyatini moliyalashtirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

Majlisda MDHga a’zo davlatlarning Yoshlar Parlamentlararo assambleyasi to‘g‘risidagi nizom loyihasi hamda uning faoliyatini moliyalashtirishga oid kiritilgan o‘zgartirishlar o‘zaro kelishib olindi.

Bundan tashqari, MDHga a’zo davlatlarning «Hamdo‘stlik bolalari» xalqaro madaniy-ma’rifiy forumini moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

MDH Parlamentlararo assambleyasi komissiyalarining o‘tgan yildagi faoliyati yakunlarini sarhisob qilindi.

N.Abduraimova, O‘zA