Unga muvofiq, jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorda belgilanishicha har yili O‘zbekistan Respublikasining respublika byudjetining tasdiqlangan ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, Ekologiya vazirligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlariga ajratiladigan mablag‘lardan shakllanadigan byudjet tashkilotining byudjetdan tashqari jamg‘armasi shaklidagi “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Ekologiya vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarida “Mening bog‘im” loyihalari doirasida “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish bo‘yicha tashabbusli byudjet orqali moliyalashtirish mablag‘lari jamlanadigan maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochiladi.
Respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘larning kamida 50 foizi “Mening bog‘im” loyihalarini tashabbusli byudjet orqali moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Ekologiya vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining maxsus shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga o‘tkazib beriladi. Bunda mablag‘lar tuman va shaharlarga teng ulushlarda, lekin 250 mln so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda taqsimlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir dafta muddatda:
“Mening bog‘im” loyihalari jarayonini tashkil etish, shu jumladan loyihalarni baholash, saralab olish hamda ularning ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tuman (shahar) hokimliklari huzurida mutasaddi vazirlik va idoralar vakillaridan iborat tarkibda ishchi guruhlari shakllantiriladi;
2024-yil uchun, 2025-yildan boshlab esa har yili dekabr oyida “yashil bog‘” hamda “yashil jamoat parki”ni tashkil etish uchun belgilangan tartibda yer maydonlari ajratiladi.
O‘zA