Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ta’kidlandi.
Urganch tumani “Chakka-sholikor” qishlog‘ida texnopark tashkil qilish, yil yakunigacha elektrotexnika, to‘qimachilik va qurilish materiallari yo‘nalishida 100 million dollarlik loyihalarni ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.
Bunga qo‘shimcha ajratiladigan 25 million dollar hisobidan kichik va o‘rta sanoat loyihalariga 1,5 milliard so‘mgacha 18 foizdan 7-yil muddatga kreditlar beriladi.
O‘zA