Markaziy Osiyo xalqaro institutida Kuvayt Davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Al-Jiyron bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi munosabat turli sohalarda izchil rivojlanayotgani ta’kidlandi. Kuvayt mamlakatimizning Yaqin Sharq mintaqasidagi, ayniqsa, yangi formatdagi Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi+Markaziy Osiyo sherikligi doirasidagi asosiy hamkorlaridan biridir.

Elchi Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Ko‘rfaz arab mamlakatlari – Markaziy Osiyo” birinchi sammitida ilgari surgan tashabbuslari mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni yanada kuchaytirishga qaratilganini ta’kidladi.

Shu nuqtai nazardan sun’iy intellekt, yashil iqtisodiyot, raqamlashtirish, aqlli qishloq xo‘jaligi, nano va biotexnologiyalar, turizm, savdo, transport, ekologiya, iqlim o‘zgarishi kabi sohalardagi hamkorlik ayni jarayonni rivojlantirishda asosiy omil hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishlar nafaqat mintaqalar aro hamkorlikni mustahkamlaydi, balki alohida mamlakatlar va butun jahon hamjamiyati rivojiga ham hissa qo‘shadi.

Uchrashuvda MOXI va Kuvayt elchixonasi o‘rtasida muntazam maslahatlashuv o‘tkazish zarurligi ma’qullandi. Ushbu qadam dolzarb masalalar, jumladan siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ishlab chiqishni muhokama qilish imkonini beradi.

2025 yil Samarqandda navbatdagi “Ko‘rfaz arab mamlakatlari – Markaziy Osiyo” sammitini o‘tkazish ko‘zda tutilgani e’tiborga olinsa, ushbu muloqot kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha umumiy chora-tadbirlarni tayyorlash va muvofiqlashtirishda muhimahamiyat kasb etishi tayin.

Muloqot so‘ngida Ahmad Al-Jiyron MOXI va Kuvaytdagi yetakchi tahlil markazlari hamkorligini yo‘lga  qo‘yishda ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

G‘.Xonnazarov, O‘zA