O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Madaniyat va san’at sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida madaniyat va turizm sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023 yil 27 iyuldagi PF-114-son Farmoniga muvofiqlashtirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 30 apreldagi PF-6218-son Farmoniga muvofiq sohadagi ayrim qonunchilik hujjatlaridagi takrorlanish, kolliziya, huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish.

Shuningdek, O‘zbekistan Respublikasi hukumatining quyidagi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi:

Vazirlar Mahkamasining “Estrada qo‘shiqchilik san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2001 yil 26 iyundagi 272-son qaroriga 6-ilova;

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005 yil 6 iyuldagi 156-son qaroriga ilovaning 19-bandi;

Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar madaniyat va san’at markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014 yil 14 avgustdagi 232-son qarori;

Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son qaroriga 4-ilova;

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 270-qaroriga 1-ilovaning 56-bandi;

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 4 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 153-son qaroriga ilovaning 344-bandi.

O‘zA