Ko‘plab mamlakatlarda odamlar 31 dekabrdan 1 yanvar tongiga o‘tar kechasi – Yangi yilni ajoyib an’ana bilan nishonlaydilar.

Ayniqsa, Avstraliyaning Sidney shahri bu bayramning asosiy markaziga aylangan, chunki bu yerga Yangi yil boshqa yirik xalqaro shaharlarga qaraganda ertaroq keladi. Namoyish Sidney bandargohida bo‘lib o‘tadi.

Shotlandiyada Yangi yil kechasi “Xogmanay” deb atalib, “birinchi qadam” nomi odati bilan mashhurdir. Do‘st-birodarlardan yoki qo‘ni-qo‘shnidan birortasi uylariga yarim tundan keyin tashrif buyurishi muhim. Xonadonga birinchi kelgan kishi sovg‘a bilan kelsa, omadning qadam ranjidasi deb hisoblanadi.

Ispaniyada 31 dekabr kuni yarim tunda soat millari chalinayotganda 12 ta uzum iste’mol qilish odat tusiga kirgan, har bir uzum donasi kelgusi yilning har bir oyi uchun omad keltiradi deb ishoniladi.

Braziliya, Ekvador, Boliviya, Venesuela, Markaziy va Janubiy Amerikaning boshqa ba’zi mamlakatlarida Yangi yil arafasida turli rangdagi maxsus kiyimlar kiyiladi. Qizil sevgi, sariq rang esa pulga ishora deb ishoniladi.

Vetnamda, odatda, Yangi yil arafasida uy xudosi sazan balig‘ida jannatga boradi deb ishoniladi, shuning uchun odamlar kechasi suv xavzasi bo‘yiga chiqib, tirik baliqni suvga qo‘yib yuborishadi.

Kipr oroli aholisi yangi yilda qorong‘ulik omad olib kelishiga ishongani uchun yarim tunda uylaridagi chiroqlarni ma’lum muddatga o‘chiradi.

Ko‘pgina italiyaliklar bayramning eng yuqori cho‘qqisida eski narsalarni derazadan uloqtirishadi va o‘sha paytda ular qizil libosda bo‘ladilar.

Xitoyliklar bayram bilan birga uyga keladigan farovonlik va omadni tasodifan “kesib qo‘ymaslik” uchun Yangi yil arafasida qaychi, pichoq va boshqa o‘tkir narsalardan foydalanmaydi.

Fransuzlar g‘ildirakni baxtli yangi yil ramzi deb bilishadi, shuning uchun ko‘pincha do‘stlari va oila a’zolariga g‘ildirak sovg‘a qilishadi.

Internet materiallari asosida M.Pirmatova tayyorladi,

O‘zA