Mamlakatimizda Los-Anjeles-2028 Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan flag futbolini rivojlantiradigan sport federatsiyasi tashkil etilishi kutilmoqda.

Shu kunlarda O‘zbekiston Amerika va flag futbol federatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqilgan nizom loyihasi daxldor tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilib, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan.

Aytish lozim, ushbu sport turi bo‘yicha bugungi kunda 64 ta mamlakatda milliy federatsiyalar tashkil etilgan bo‘lib, ular orasida Kanada, Braziliya, Meksika, Yaponiya, Angliya, Germaniya, Fransiya, Avstriya, Shvetsiya va AQSH davlatlarida ushbu sport turi ancha rivojlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning 14-30 iyul kunlari AQSHning Los-Anjeles shahrida o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturidan 36 ta sport turi o‘rin olgan bo‘lib, flag futbol Olimpiya dasturiga kiritilgan 5 ta yangi sport turidan biri sanaladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA.