Yosh tadqiqotchilarning Yaponiyada ta’lim olishlari bo‘yicha loyiha ishlab chiqilmoqda

Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazida Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA – Japan International Cooperation Agency) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida Yaponiyalik mutaxassislar Ilg‘or texnologiyalar markazining faoliyati, ular olib borayotgan ishlar bilan tanisharekanlar, hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishgaqiziqish bildirishdi.

Muzokaralarda ishtirok etgan JICAning loyihalarni shakllantirish bo‘yicha maslahatchisi Azuma Kendzironing ma’lumot berishicha, hozirda bir guruh o‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilarning Yaponiyada ta’lim olishlari bo‘yicha loyiha ishlab chiqilmoqda.

IMG_7177.JPG

Suxbatdan so‘ng Agentlik vakillari Ilg‘or texnologiya markazining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Markazning fizika, kimyo, biologiya, geologiya, geofizika, biofizika, bioximiya laboratoriyalari ularda katta qiziqish uyg‘otdi. Markaz xodimlari ularga bir necha daqiqalarda suyuqlik va qattiq jismlarning yuzga yaqin kimyoviy elementlarini aniqlab beruvchi uskunalar, yer qimirlashini va yer qatlamining seysmik holatini aniqlovchi asboblar,turli kasalliklar va ularga moyillikni erta aniqlash bo‘yicha olib borilayotgan genetik izlanishlar,foydali qazilma boyliklarni qidirish bo‘yicha tadqiqotlar haqida so‘zlab berishdi.

Innovatsiya vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatovning qayd etishicha, Ilg‘or texnologiyalar markazi xalqaro tashkilotlar, jumladan, JICA bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor.Markazning malakali mutaxassislari turli xalqaro loyihalarda ishtirok etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratiladi.

 

N. Toshpo‘latova, O‘zA