Toifasi o‘zgargan yerlar evaziga shu yilning oxirigacha 15 ming gektar yangi yerlar o‘zlashtirilishi kerak edi. Biroq, 8 ming gektar yerlar haligacha o‘zlashtirilmagan.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yil yakunigacha yangi yerlarni o‘zlashtirish va’dasini bajarmagan hokimlar jarimaga tortilishi, ularning yer toifasini o‘zgartirish bo‘yicha takliflari umuman qabul qilinmasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Kadastr agentligiga 2024 yil 1 martga qadar barcha sanoat yerlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, viloyat hokimlariga esa 2021 yilgacha ajratilib, qurilish boshlanmagan 7 ming gektar yerni zaxiraga qaytarish topshirildi.

Bosh prokuraturaga bu borada qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Bundan buyon viloyat kadastr boshlig‘ini ishga qo‘yish va ishdan olish Bosh vazir tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

 

O‘zA