Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish va yer hisobini yuritish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

–Qanchalik qiyin bo‘lmasin, oxirgi besh yilda qishloq xo‘jaligidan 42,5 ming gektarni qisqartirib, aholi punktlari va sanoat yerlari toifasiga o‘tkazib berdik. Afsuski, katta-katta va’dalarni bergan ayrim viloyat, tuman va shahar hokimlari bu yerlardan samarali foydalana olmayapti, – dedi Prezidentimiz.

Xususan, 100 ta tumanda toifasi o‘zgargan 17,5 ming gektar yer na tadbirkorga berilgan, na auksionga chiqarilgan. Bu yerlar olinganidan buyon zaxirada yotgani tanqid qilindi.

Viloyat hokimlari yil yakuniga qadar bu yerlar auksionga chiqarilmasa, qishloq xo‘jaligi toifasiga qaytarilishi haqida ogohlantirildi.

Shuningdek, toifasi o‘zgarib, tadbirkorlarga ajratilgan 19 ming 300 gektar yerdan 5 ming 400 gektari bo‘sh turibdi. Sanoat zonalarida ham loyiha joylashtirilmagan yerlar bor. Aksincha, tayyor infratuzilmasi bo‘lgan sanoat yerlaridan boshqa maqsadda foydalanish ko‘p uchramoqda.

O‘zA