Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda yo‘l xo‘jaligida ham shu ahvol ekani ta’kidlandi. Ko‘pgina ichki yo‘llar va unga tutash yerlarning hujjati yo‘qligi bilan bog‘liq muammolar ko‘rsatib o‘tildi.

Kelgusi yilda “Tashabbusli byudjet” va “Mening yo‘lim” loyihalariga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ta’mirlanadigan ichki yo‘llarni loyihalashda ularga kadastr hujjatini tayyorlashni ham nazarda tutish topshirildi.

Ayrim vazirliklarga berilgan yer va binolar kadastri ham qoniqarsizligi qayd etildi. Ba’zi ob’ektlarning egalik hujjati yo‘qligi aniqlangan. Ushbu yerlarning hujjati yo‘qligi sababli talon-toroj qilingan holatlar mavjud.

Vazirliklarga o‘zlariga qarashli barcha yer va binolarni hujjatlashtirishni yakuniga yetkazish, Bosh prokuraturaga ushbu ishlarning qat’iy nazoratini yo‘lga qo‘yish topshirildi.

O‘zA