Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish va yer hisobini yuritish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

O‘tgan hafta Surxondaryoga tashrifda “plyonka ostida parnik” tashkil qilib, eksportbop sabzavot ekinlarini ekish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan edi.

Hududlarda bunday usulda ekin ekishni istaganlar juda ko‘p. Lekin ular uchun yer olish murakkab.

Shu bois, kelgusi yildan ekin yeri yuqori unumli urug‘, ko‘chat, agro-texnologiya, eksport ko‘nikmalariga ega bo‘lganlarga auksion orqali ijara huquqi bilan sotiladi.

Mutasaddilarga 2024 yil 1 fevralga qadar kamida 15 ming gektar yerni lotlarga bo‘lib, eksportbop sabzavot yetishtirish uchun o‘rtacha 1 gektardan auksionga chiqarish, auksiondan yer olgan aholiga urug‘, o‘g‘it, plyonka va aylanma mablag‘ uchun kredit ajratish, hosildor eksportbop ekinlar urug‘ini kafolatli yetkazib berish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

O‘zA