Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish va yer hisobini yuritish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligida:

– 286 ming gektar yerga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar to‘liq emasligi;

– 159 ming gektar yerning hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qilishi;

– avvalgi davrlarda doimiy foydalanish uchun ajratilgan 460 ming gektar yerning huquqiy maqomi aniq emasligi qayd etildi.

Oqibatda jami 900 ming gektardan ziyod qishloq xo‘jaligi yerlari kadastr ro‘yxatidan o‘tmasdan turibdi. Kadastri yo‘qligi sababli takroriy ekinlar uchun bu yerlarni rasman ikkilamchi ijaraga berish imkoni bo‘lmayapti.

Bularni oqibatida kamida 300 ming ish o‘rni, takroriy ekindan olinayotgan mahsulot hamda norasmiy ijaraning hisobi yuritilmayapti.

 

O‘zA