Oxirgi uch yilda sohani raqamlashtirish hisobiga 40 million gektar yoki jami yerlarning 90 foizi kadastrdan o‘tkazildi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda qayd etildi.

Endi qolgan muammoli yerlarni ham to‘liq kadastr ro‘yxatidan o‘tkazish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarida aerosuratga oladigan zamonaviy samolyot va laboratoriyalar olib berildi.

Kadastr agentligiga tuman va shahar hokimlari bilan birga yil yakunigacha aerosuratga olish ishlarini Toshkent shahri, Toshkent va vodiy viloyatlarida, kelgusi yili esa qolgan hududlarda to‘liq yakuniga yetkazish topshirildi.

Aerosuratlar asosida qishloq yerlarini monitoring qilish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

 

O‘zA