O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi.

Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ekologiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan.

Joriy yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi raislik qilmoqda.