Yig‘ilishda qozonxonalarni kapital va joriy ta’mirlash, issiqlik tarmoqlarini ta’mirlash holati ham ko‘rib chiqildi.

Respublika bo‘yicha reja 98 foizga bajarilgan bo‘lsa-da, Andijon, Namangan va Surxondaryoda orqada qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Ikki hafta muddatda barcha kuch va vositalarni safarbar qilib, qozonxonalar va isitish tarmoqlarini ta’mirlash ishlarini yakunlashga topshiriq berildi.

Ijtimoiy soha muassasalarida ham eski va energiya sarfi yuqori bo‘lgan qozonlarni yangilashni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.

Bu yilgi kuz-qish mavsumiga aholi va ijtimoiy soha muassasalari ehtiyoji uchun yetarli hajmda ko‘mir yetkazib berish muhimligi ta’kidlanib, 10 noyabrga qadar ijtimoiy soha ob’ektlariga qo‘shimcha 60 ming tonna ko‘mir yetkazib berish topshirildi.

Ayrim hududlarda aholiga ko‘mir tarqatish tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani, oqibatda yetkazib berilgan ko‘mirni yuqori narxlarda noqonuniy sotib yuborish va talon-toroj qilish holatlariga yo‘l qo‘yilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Bosh prokuraturaga tarqatilayotgan ko‘mirning aholiga yetib borishini nazorat qilish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.

Yig‘ilishda tarmoq va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.

 

O‘zA