Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tkazilayotgan Paraosiyo o‘yinlari doirasida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston birdamligi kechasi” tashkil etildi.

Qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Grand Metro Park hotel”da o‘tkazilgan tadbirda Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons, Osiyo paralimpiya qo‘mitasi raisi Majid Rashid va tuzilmaga a’zo 45 mamlakat qo‘mitalari rahbarlari hamda mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev ishtirok etdi.

Tadbirni Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti – O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev ochib berdi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda barcha sohalar qatori sportda ham ulkan yutuqlarga erishilayotgani ta’kidlandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA