Samarqand shahridagi tadbirlar dasturi yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 oktyabr kuni kechasi Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Shuningdek, XXR Raisi Si Цзиньпин va Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin bilan muzokaralar, boshqa ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.