Misrning Turkiyadagi elchisi Amr Sulaymon Abdul Magid Al-Hammamiy Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Anqara va Qohira munosabati 2013 yil Turkiya bilan yaqin munosabatda bo‘lgan Misr Prezidenti Muhammad Mursiy ishdan olingandan keyin yomonlashgan edi.

2021 yil mart oyida ushbu respublikalar diplomatik aloqasi tiklanishi aytildi. 2022 yil noyabr oyiga kelib, futbol bo‘yicha jahon chempionati ochilishi marosimida ikki davlat rahbarining qisqa suhbati bo‘lib o‘tdi.

Joriy yil fevral oyida Misr TIV rahbari Sami Shukriy Turkiyaning zilziladan zarar ko‘rgan Adana shahriga keldi.

4 iyulda mamlakatlar diplomatik munosabat to‘liq o‘rnatilganini ma’lum qilishdi.