Rim Papasi Fransisk Ukrainadagi inqirozdan qurol-aslaha savdogarlari manfaatdor, degan fikrni bildirdi.

– Menimcha, bu urush nafaqat Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muammo, balki qurol sotish masalasiga ham taalluqli, – dedi pontifik jurnalistlar bilan uchrashuvda. – Menga iqtisodchilar hozir “o‘lim fabrikasi”ga kiritilayotgan investitsiya katta daromad keltirayotganini ma’lum qilishdi.

Kardinal Matteo Zuppining sa’y-harakati haqida pontifik “u imkoniyat darajasida missiyasini bajaryapti, Ukrainadan Rossiyaga olib ketilgan bolalarni qaytarish masalasi ijobiy hal etilyapti”, degan.

Avvalroq Italiya yepiskoplari konferensiyasi rahbari Zuppi Kiyev, Moskva, Vashington va Pekinda bo‘lgan edi.