Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan telefon orqali AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan Qorabog‘dagi vaziyat to‘g‘risida suhbatlashdi. Bu haqda Yerevandan hukumat matbuot xizmati xabar berdi.
“Suhbatdoshlar Qorabog‘dagi armanlarning huquqi va xavfsizligini himoya qilish bilan bog‘liq gumanitar holatni muhokama qilgan”, – deyiladi xabarda.
Shuningdek, Armaniston – Ozarbayjon tinchlik jarayoni va mintaqaviy xavfsizlik masalalari istiqboli ham ko‘rib chiqilgan.
Pashinyan va Blinken muloqotida Armaniston – Amerika munosabati bo‘yicha kun tartibida turgan masalalar ham ko‘tarilgan.