BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMT qarorgohida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida Ukrainadagi holat va AQSHning tuzilma tizimidagi majburiyati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Bu haqda Bosh kotib matbuot xizmati xabar bergan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, o‘z navbatida, Bosh Assambleya 78-sessiyasi doirasidagi muzokaralar natijalari bilan o‘rtoqlashdi.
Ma’lumotga ko‘ra, tomonlar an’anaviy ravishda eng dolzarb xalqaro muammolar, shuningdek, Rossiya va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning turli jihatlariga e’tibor qaratgan.
“Guterrish BMT tuzilmalari vakillarini Ukraina inqirozi sharoitida siyosiylashgan tashabbuslarga jalb etilishining oldini olishga chaqirilgan”, – deyiladi bayonotda.
Avvalroq Lavrov Yaman boshqaruv kengashi raisi, Misr, Tailand, Kuba, Braziliya, Saudiya Arabistoni, Mali, Burkina-Faso, Pokiston tashqi ishlar vazirlari va Sudan suveren kengashi rahbari bilan uchrashgan edi.