Xabar berilganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSHga amaliy tashrifi yakuniga yetdi. Tashrif oldidan Vashingtonda O‘zbekiston – Amerika biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston tomoni AQSHning “The Hewlett-Packard” kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Shtab-kvartirasi Kaliforniyaning Palo Alto shahrida joylashgan AQSHning yirik axborot texnologiyalari kompaniyasi “The Hewlett-Packard”ning davlat siyosati bo‘yicha bosh direktori Brittani Masalosalo xonim hamkorlik istiqboli xususida fikr bildirdi.

–  “AQSH – O‘zbekiston” formatidagi tadbirkorlar sammitida ishtirok etganimdan xursandman. O‘zbekistondagi yirik ishlab chiqarish kompaniyalari rahbarlari, AKT sohasi tashkilotlari vakillari faolligi bizni juda hayratlantirdi. Bu yurtingizda so‘nggi paytlarda ishbilarmon doiralarni olqishlash borasida amalga oshirilgan islohotlarning kuchli ko‘rsatkichidir.

Bugun “The Hewlett-Packard” kompaniyasi hukumatingiz bilan memorandum imzoladi. Biz endi hamkorlikda ishlab, axborot texnologiyalari infratuzilmasi rivojlantirishga ko‘mak beramiz. Yoshlarning zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini oshirish, ularda raqamli savodxonlikni yuksaltirishga e’tibor qaratamiz.

O‘zbekistonda turli sohalardagi rivojlanish tendensiyalarini kuzatib boraman. Umid qilamizki, ushbu islohot hamkorligimizning chuqurlashishiga ijobiy ta’sir qiladi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va men imzo chekkan hujjat ikki davlat o‘rtasidagi axborot kommunikatsiyalar yo‘nalishida yaxshi aloqani yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish imkonini beradi.

Texnologiya taraqqiyoti mamlakat rivojining kafolati sanaladi. “The Hewlett-Packard” endi O‘zbekistonda ham hamkori borligidan g‘ururlanadi. Biznesimizni rivojlantirishga intilayotgan ekanmiz, AQSH va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bizni bu borada ruhlantiradi.

 

O‘zA muxbiri Behruz Xudoyberdiyev tayyorladi.