Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining 20 nafar vakili uchun trening bo‘lib o‘tdi.
O‘quv kurslarida Moskva transport departamenti vakillari poytaxtda samarali transport tizimini yaratish bo‘yicha o‘z tajriba va bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.
Delegatsiya shuningdek, “Avtomobil yo‘llari” davlat byudjeti muassasasi, Moskva metropolitenining yagona dispetcherlik markazi, Yo‘l harakati boshqaruvi markazida bo‘ldi.
Ushbu kurs ishtirokchilarga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanuvchi xizmatlar va tashkilotlarning faoliyati haqida to‘liqroq tushunchaga ega bo‘lish imkonini berdi.
O‘quv mashg‘ulotlari muvaffaqiyatli o‘tdi va O‘zbekiston Respublikasi DYHXX xodimlari yo‘l harakati xavfsizligi sohasida o‘z malaka va bilimlarini yanada oshirdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA