Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 22 sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 23-25 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-16, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-16, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 11-16, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysining ba’zi tumanlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-11, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim hodisalar

Joriy yilning 21-22 sentyabr kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel-suv toshqin hodisalari yuz berishi mumkin.

O‘zA