Qo‘shma Shtatlar BMT Xavfsizlik Kengashida “yangi ovoz”, “yangi fikr” zarur deb hisoblab, tuzilmani isloh qilishga intiladi. Bu haqda Jo Bayden Bosh Assambleyaning 78-sessiyasi minbarida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
“O‘tgan yil ham shu yerda qilgan nutqimda Qo‘shma Shtatlar Xavfsizlik kengashining kengayishi, doimiy va muvaqqat a’zolari soni ko‘paytirilishini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgandim”, dedi Prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar BMTga a’zo ko‘plab davlatlar bilan bu borada jiddiy maslahatlashuv o‘tkazgan.
– Biz islohotlarga hissa qo‘shishda davom etamiz, – dedi Amerika rahbari. – Ko‘pincha taraqqiyotga, kengash doirasida konsensusga qarshilik qiladigan to‘siqlarni yengishimiz kerak. Bizga ko‘proq ovoz, ko‘proq fikr kerak.