Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi(FIFA) 2023 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Nomzodlar ro‘yxatidan Kilian Mbappe (PSJ), Lionel Messi (“Pari Sen-Jermen”/Inter Mayami), Julian Alvares (“Manchester Siti”), Marselo Brozovich (“Inter/Al-Nasr”), Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”), Ilkay Gyundogan («Manchester Siti»/Barselona), Erling Xoland, Rodri (ikkalasi “Manchester Siti”), Xvicha Kvaratsxeliya (“Napoli”), Viktor Osimxen (“Napoli”), Deklan Rays (“Vest Xem”/Arsenal) va Bernardu Silva (“Manchester Siti”) joy olishgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu sovringa Lionel Messi sazovor bo‘lgandi.

 

O‘zA