Prezidentning “Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga mustaqil yuridik shaxs maqomi hamda o‘z faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi manbalari va tartibini saqlab qolgan holda o‘tkaziladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi farmatsevtika sanoati barqaror rivojlanishi uchun javobgarlikni to‘liq zimmasiga oladi.

Shuningdek, farmonda 2024 yil 1 yanvardan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ham Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasiga o‘tkazilishi belgilangan.

 

M.Turdaliyeva,O‘zA