Samarqandda boshlangan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro anjuman davom etmoqda.

Anjuman ochilish marosimida so‘zga chiqqan Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti – FAO Bosh direktori Suy Dunyu ishtirokchilarni qutlar ekan, ushbu nufuzli tadbirning mamlakatimizda o‘tishi bejiz emasligiga alohida e’tibor qaratdi.

–Men O‘zbekistonni bu mintaqadagi eng yaxshi va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladigan joy ekanligiga ishonch hosil qilganman, – dedi yuqori martabali mehmon. –O‘zbekistondagi bugungi siyosiy, ijtimoiyi-iqtisodiy barqarorlik nafaqat mintaqada, balki jahon hamjamiyati tomonidan ham haqli ravishda e’tirof etilayotganini ta’kidladi. Qolaversa, bu ko‘hna zamin qadimiy sivilizatsiyalar beshigi bo‘lganini yodga olib, bugungi kundagi sa’y-harakatlar, rivojlanish jarayoni tufayli albatta yana o‘sha darajaga chiqishiga qat’iy ishonch bildirdi. Ayni bosqichda qishloq xo‘jaligini zamonaviy talablar darajasida taraqqiy ettirish, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish muhim ahamiyat kasb etishi va bu borada taraqqiyotni agrar soha rivojisiz tasavvur qilib bo‘lmaydigan serquyosh O‘zbekistonning dunyo miqyosidagi o‘rni juda muhim ekanligiga urg‘u berdi.

G‘ayrat Xonnazarov, 
Nosirjon Haydarov, O‘zA, 
Samarqand